
Amerikalik ogʻir vaznli bokschi Kertis Xarper nigeriyalik Efe Ajagba bilan jang qilishni istamadi va bahs boshlanganidan soʻng ringni tark etdi. Ushbu holat tasvirlangan video SportsCenterʻning Twitter-akkauntida eʼlon qilingan.
Jurnalist Jordan Xardining keyinchalik tvitterdagi oʻz sahifasida aniqlik kiritishicha, Xarper oʻz xatti-harakati bilan tashkilotchilarga xabar qoldirishga harakat qilgan. Amerikalik sportchi nigeriyalik bokschi bilan jang uchun gonorar miqdori yetarli boʻlmagani tufayli oʻzini obroʻsizlangandek his qilgan.
Shu tariqa, Ajagba ogʻir vazn toifasida yengilmas bokschi nomini saqlab qoldi. Nigeriyalik ketma-ket oltinchi gʻalabani qoʻlga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar