Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasida 50-uchrashuvini o‘tkazdi

Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasida 50-uchrashuvini o‘tkazdi
Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasida 50-uchrashuvini o‘tkazdi

Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida o‘tkazgan o‘yinlari soni 50 taga etdi.

Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini Vitaliy Denisov uchun terma jamoa tarkibidagi 50-uchrashuv bo‘ldi. Bu haqida "Lokomotiv" klubi rasmiy saytida alohida xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iroqni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Manba: www.uff.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar