4 159
Bugun kurashdagi barcha oltinlar Oʻzbekistonga tegdi, reytingda 2 pogʻona yuqoriga koʻtarildik
Osiyo oʻyinlarida kurash jamoasi Oʻzbekiston hisobiga yana bir oltin medal olib berdi.
Ayollar oʻrtasida -52 kg vazn toifasida turnirga kelgan Gulnora Sulaymonova finalda hindistonlik Pinski Balharaga qarshi gilamga chiqdi.
U raqib ustidan 10:0 hisobida gʻalaba qozondi va oltin medalga ega chiqdi.
Gulnora Sulaymonova finalgacha indoneziyalik Maya Sari Sembiring, qozogʻistonlik Akjoʻl Kayipxan va moʻgʻulistonlik Gerelma Erdenetsogtni magʻlubiyatga uchratgandi.
Uning finaldagi oltin medali Oʻzbekiston jamoasining toʻqqizinchi oltin medaliga aylandi. Bungacha kurash jamoasidan -66 kg vazn toifasida Maʼruf Gʻaybulloyev hamda +90 kg vazn toifasida Muhsin Hisomiddinov oltin medal olgandi.
-66 kg vazn toifasida finalda Gʻaybulloyevga qarshi kurashgan Ruslan Boʻriyev kumush medal bilan kifoyalandi. +90 kg vazn toifasida yarim finalda eronlik raqibiga yutqazgan Nurbek Toʻrayev hamda -52 vazn toifasida yarim finalda hindistonlik Pinski Balharaga magʻlub boʻlgan Oysuluv Abdumajidova esa bronza medallar bilan kifoyalanishdi.
Endilikda Oʻzbekiston delegatsiyasi Osiyo oʻyinlarida umumiy reytingda 38 medal bilan (9-15-14) Tailandni (9-10-33) ham quvib oʻtib, toʻqqizinchi oʻringa joylashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi