
Budapeshtda davom etayotgan yoshlar oʻrtasidagi boks boʻyicha jahon chempionatining birinchi kungi final janglariga start berildi. Unda bir nafar bokschimiz hal qiluvchi bosqichga qadar yetib keldi.
56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov oltin medallar uchun kechgan bahsda rossiyalik Vsevolod Shumkov bilan kuch sinashdi.
Mazkur jangda yakunlariga koʻra, bokschimiz ochkolar boʻyicha raqibini magʻlub qilib, jahon chempioni degan nomga sazovor boʻldi.
Shunday qilib, bu yilgi jahon chempionatida vakillarimiz jami 3 medal – 1 oltin va 2 bronza medalini qoʻlga kiritishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar