Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp YECHL guruh bosqichi uchun tashlangang qurʼa natijalari borasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Qizillar” guruhda Fransiyaning PSJ, Italiyaning “Napoli” va Serbiyaning “Srvena Zvezda” jamoalariga qarshi bahs olib boradigan boʻlishdi.
"Men qiyin guruh kutgan edim va shunday boʻlib chiqdi. Aslida YECHLda boshqachasi boʻlmaydi. Bu jahonda klublar miqyosidagi eng kuchli turnir va doimo kuchli jamoalar qatnashadi.
PSJ - dunyodagi eng qiziqarli jamoalardan biri. Oʻylashimcha, ularning maqsadlari chempionlik. Shunday ekan, bizni oldinda ikkitia qiziqarli oʻyin kutib turibdi.
“Napoli” bilan esa mavsum oldi tayyorgarligi jarayonida oʻynab, gʻalaba qozongan edik. Biroq oldindagi uchrashuv umuman boshqacha oʻtadi. Men “Borussiya”da ishlab yurgan vaqtimda Neapolga borganman va u yerda muxlislar qanday qoʻllab-quvvatlashlarini yaxshi bilaman.
“Srvena Zvezda”ning oʻyinini kecha koʻrdim. Ular guruhga chiqishdi va bu jamoaga qarshi oʻyin ham qiziqarli oʻtadi", - dedi germaniyalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi