09:26 / 03.09.2018
3 192

“Manchester Yunayted” Lukakuning dubli evaziga safardan 3 ochko bilan qaytdi

“Manchester Yunayted” Lukakuning dubli evaziga safardan 3 ochko bilan qaytdi
Angliya chempionatining 4-turida “Manchester Yunayted” klubi safarda “Byornli” mehmoni boʻldi. Ushbu bahsda mankunianliklar Lukakuning dubli evaziga gʻalaba qozonishdi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimida Romelu Lukaku 27-daqiqada hisobni ochdi. Boʻlim tugashiga 1 daqiqa qolganida esa belgiyalik hujumchi dubl qayd etib. Ikkinchi boʻlimda ham qiziqarli voqealarga boy boʻldi. Pol Pogba 69-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi. 71-daqiqada Markus Reshfordga qizil kartochka koʻrsatildi va mankunianliklar bir kishi kam boʻlib qoldi. Bundan mezbonlar unumli foydalana olishmadi va hisob oʻzgarmay qoldi.

“Manchester Yunayted” ushbu gʻalabadan keyin 6 ochko bilan musobaqada 10-pogʻonani band qilib turibdi, “Byornli” esa gʻalabasiz seriyasini davom ettirmoqda.

Angliya chempionati 4-tur

“Bernli” – “Manchester Yunayted” 0:2 (2:0, 0:0)

Gollar:
0:1 – 27 Lukaku, 0:2 – 44 Lukaku.

“Bernli” – Xart, Tarkovski, Teylor, Bardsli, Mi, Lennon, Vestvud, Kork, Xendrik (Vouks, 58), Maknil (Barns, 80), Vud (Vыdra, 84).

“Manchester Yunayted” – De Xea, Smolling, Shou, Valensiya, Lindelef, Pogba (Bayi, 90), Matich, Lingard (Errera, 76), Fellayni, Sanches (Reshford, 61), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Sanches (18), Maknil (52), Bardsli (71), Lukaku (74), Shou (74).
Chetlatish: Reshford (71).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Yunayted” Lukakuning dubli evaziga safardan 3 ochko bilan qaytdi