3 366
Ektor Kuper: “Xuddi muxlislar singari men ham ilk oʻyinda gʻalaba qozonishni istagandim”
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper biroz avval yakuniga yetgan Oʻzbekiston - Suriya uchrashuvidan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
- Muxlislar birinchi oʻyindan gʻalaba kutadi. Shuningdek men ham gʻalaba qozonmoqchi edim. Lekin omadimiz kelmadi. Oʻtgan 8-10 kun davomida futbolchilarga imkon qadar oʻz tushunchamni yetkazishga harakat qildim.
Bizda tarkibni yaxshilash uchun yetarli vaqt boʻlmadi. Futbolchilarning hozirgi harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Jamoaning haqiqiy kuchini vaqt oʻtishi bilan koʻrasiz.
Yana bir bor aytaman bu birinchi oʻyin. Kecha aytganimdek mendan moʻʼjiza kutmanglar. Oldimizda Osiyo kubogi va JCH saralashi turibdi. Bungacha esa biz jamoaning hujum chizigʻi va himoyasi ustida katta ishlarni amalga oshiramiz.
Bu oʻyindan koʻzlagan maqsadimiz futbolchilarning imkoniyatlarini chamalab olish edi. Jamoani qabul qilib olganimga endigina 12 kun boʻldi. Lekin shunga qaramay futbolchilar meni asta-sekin tushuna boshlashdi. Toʻgʻri, muxlislar yirik hisobda gʻalaba qozonishni istashadi. Lekin, oʻrtoqlik oʻyinlaridan asosiy maqsad futbolchilarni saralab olish va yoʻl qoʻyayotgan xatolarimizni bilib olishdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi