Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan “Real Madrid” klubi akademiyasi va OʻFA oʻrtasida tuzilgan kelishuvga asosan, joriy yilning iyun oyida Madridning “Real” jamoasi mutaxassislari Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visentelar Real Madrid Foundation Clinic dasturi boʻyicha yurtimizga tashrif buyurishgan edi.
1 iyundan 16 iyunga qadar ushbu mutaxassislar oʻzbek futboli tizimida faoliyat olub boruvchi bolalar murabbiylari uchun nazariy va amaliy seminarlar tashkil etishgan hamda 2004 va 2008 yillar oraligʻida tavallud topgan oʻzbekistonlik 300 nafar tarbiyalanuvchi ishtirokida master klass tadbiri oʻtkazishgan edi.
Ushbu kelishuvning 2 qismiga binoan madridlik mutaxassislar tomonidan tanlab olingan 20 nafar bola Real Madrid Foundation Clinic dasturi boʻyicha master klasslarda ishtirok etib, tajribalarini oshirish maqsadida Ispaniyaning Madrid shahriga yuborilmoqda.
Ular safar davomida Madridning “Real” jamoasi akademiyasi bilan tanishishadi, jamoa tarixi haqida maʼlumot olish uchun “Real” klubi muzeyiga sayoxat qilishadi, ispaniyalik mutaxassislar tomonidan tashkil etiladigan master klasslarda ishtirok etishadi va yana jamoada toʻp surayotgan mashhur futbolchilar bilan uchrashuv tashkil etish ham rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi