Janubiy Koreyaning Suvon shahrida navbatdagi professional boks oqshomi oʻtkazildi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, bu oqshomda oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi Husniddin Poʻlatov yarim oʻrta vazn toifasida indoneziyalik Soxlan Koralga qarshi ringga koʻtarildi.
12 raundga moʻljallangan bahsda oʻzbekistonlik sportchi 6-raundda raqibini nokautga uchratdi va WBA Asia kamarini qoʻlga kiritdi.
Poʻlatov professional ringda 14-jangini oʻtkazdi. U shu vaqtgacha oʻtkazilgan janglarining 10 tasida gʻalaba qozongan (5 ta nokaut) va 3 marta magʻlubiyatga uchragan (3 ta nokaut). Indoneziyalik bokschi esa shu vaqtga qadar 24 ta jang oʻtkazib, 17 ta gʻalabaga erishgan va 7 marta magʻlubiyatga uchragandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi