22:02 / 23.09.2018
3 583

Superliga. “Navbahor” muhim ochkolarni boy berdi

Суперлига. "Навбаҳор" муҳим очколарни бой берди
Superliganing 24-turidan oʻrin olgan “Navbahor” - “Metallurg” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻyinning 8-daqiqasida Aʼzam Aliyevning bosh bilan yoʻllagan zarbasiga aniqlik yetishmadi. 13-daqiqada burchak zarbasi, Azizbek Turgʻunboyevning uzatmasidan soʻng Darko Nikach bosh bilan toʻpni darvozaga yoʻlladi. Biroq zarba noaniq chiqdi.

36-daqiqada Turgʻunboyevning jarima zarbasidan keyin toʻpni Javohir Ilyosov toʻpni qiyinchilik bilan qaytardi. 42-daqiqada Jahongir Mehmonovning jarima zarbasidan keyin toʻp darvoza toʻsini tepasidan oʻtib ketdi.

59-daqiqada Nikachning bosh bilan darvozaga yoʻllagan zarbasiga aniqlik yetishmadi. 77-daqiqada Golbanning xavfli zarbasiga aniqlik yetishmadi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.

Superliga / 24-tur

“NAVBAHOR” – “MЕTALLURG” 0:0


“Navbahor”: 45. Akbar Toʻrayev, 5. Igor Golban, 6. Oston Oʻrunov, 7.Sherzod Karimov (15. Azamat Allaniyozov, 62), 10. Azizbek Turgʻunboyev, 19. Mirzohid Gʻofurov, 21. Azamjon Aliyev, 24. Davron Hoshimov, 30. Darko Nikach (17. Sardor Sulaymonov, 72), 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich (8. Ayubxon Noʻʼmonov, 62).
Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 35. Dilshod Hamroyev, 9.Dilshod Jabborov, 14. Ilhom Boydadayev, 33. Tomislav Payovich, 99. Sarvar Soliyev.

“Metallurg”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Abbos Otaxonov, 10. Islombek Isoqjonov, 15. Zohid Abdullayev, 22. Davronbek Umirov, 28. Stanislav Andreyev (77. Muhammad Isayev, 56), 30. Andrey Shipilov (9. Zabixillo Oʻrinboyev, 46), 37. Sherzod Fayziyev, 55. Akbarjon Ismatullayev, 88. Abror Husinov, 90. Zafar Toʻrayev (16. Jasur Hasanov, 70).
Zaxira: 1.Zafar Safoyev, 7. Suhrob Nurulloyev, 8. Shahzod Shaymanov, 11. Muhammadjon Sultonov, 14. Abror Toshqoʻziyev, 87. Bahodir Pardayev.

Ogohlantirishlar: Mirzohid Gʻofurov 27, Stanislav Andreyev 32, Davron Hoshimov 69, Zafar Toʻrayev 69, Zohid Abdullayev 90+2.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Navbahor” muhim ochkolarni boy berdi