09:43 / 24.09.2018
3 414

JCH-2018 vaqtida Muhammad Salohga uyqu berilmagani maʼlum qilindi

JCH-2018 vaqtida Muhammad Salohga uyqu berilmagani maʼlum qilindi

Tifo Football YouTube-kanali Misr terma jamoasi va uning yetakchisi Muhammad Salohning Rossiyada oʻtgan JCH-2018ʻdagi ishtirokiga bagʻishlangan videoni eʼlon qildi. Materialda misrliklar oʻzlari musobaqa vaqtida mashgʻulotlar oʻtkazish joyi sifatida tanlagan Grozniyda nimalar bilan shugʻullanishgani haqida soʻzlangan.

Video muallifining taʼkidlashicha, Saloh birinchi mashgʻulotga kelmagan, Checheniston rahbari mehmonxonaga futbolchining yoniga kelib, uni uyqudan uygʻotib, shaxsan oʻzi mashgʻulot bazasiga olib kelgan.

Materialda aytilishicha, Grozniyda Salohni shunchaki “suhbatini olish” uchun bir necha bor uyqudan uygʻotishgan.

Bugungi kunning eng yaxshi futbolchilaridan biri Salohga uni siyosiy maqsadlarda qoʻllashlari yoqmagan, u oʻzini noqulay his qilgan va ehtimol ushbu holat Misr termasining musobaqadagi nursiz ishtirokiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Saloh jahon chempionatida ikkita uchrashuvda ishtirok etib, ikkita golga mualliflik qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2018 vaqtida Muhammad Salohga uyqu berilmagani maʼlum qilindi