
Aralash yoʻnalish (MMA) boʻyicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangdan oldin tinimsiz mashgʻulotlar oʻtkazmoqda.
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) amaldagi chempioniga tayyorgarlik jarayonida Makgregorning sobiq sparring sherigi Mayls Prays yordam beryapti.
“Ochigʻini aytganda, zalda Konor bilan hech qachon yaxshi munosabatda boʻlmaganmiz, sababi bir-birimiz bilan juda koʻp sparringga tushganmiz. Oʻsha paytda Konor ham yarim yengil vaznda, ham yengil vaznda jang qilardi”, - deya aytib oʻtdi Prays Eurobashʻga bergan intervyusida.
Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Nurmagomedov - Makgregor jangida kim hakamlik qilishi maʼlum boʻlgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar