4 099
Fazliddin Gʻoibnazarov: “Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim”
Xabar berib oʻtganimizdek, Olimpiya oʻyinlari chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Fazliddin Gʻoibnazarov 20 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Oʻsha kuni unga mezbon bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot va Media departamenti bokschimiz bilan bogʻlanib, ushbu jangga tayyorgarlik qanday ketayotgani bilan qiziqdi.
- Navbatdagi raqibim professional ringda yaxshigina tajribaga ega. Chapaqay. Men har bir raqibga qarshi alohida tayyorgarlik olib boraman. Toʻqnash keladigan raqibimni oʻrganmay ringga chiqmayman. Tayyorgarlikni uning chapaqayligini hisobga olgan holda olib boryapmiz. Mashgʻulot zallarini ham shunga qarab oʻzgartirib turibmiz. Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim. Bir soʻz bilan aytganda, tayyorgarlik raqibni toʻliq oʻrganishga qaratilgan. Oʻylaymanki, bu menga asqotadi. 20 oktyabr kuni tomoshabop jang oʻtkazib, gʻalabaga erishmoqchiman, – dedi bokschimiz.
Maʼlumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional boksda beshta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkita gʻalabani muddatidan oldin qoʻlga kiritgan. Tajribali Lopes esa 34ta jang oʻtkazib, ularning 23tasida gʻalabaga erishgan. (15tasida nokaut evaziga). Toʻqqiz marotaba magʻlubiyatga uchragan (1 marotaba nokaut boʻlgan). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi