Nurmagomedov Makgregorning yuragi va ongini yoʻq qilib tashlamoqchi

Aralash yoʻnalish (MMA) boʻyicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov murabbiysi Ali Abdul-Azizning irlandiyalik Konor Makgregor bilan yuzaga kelgan mojarosiga izoh berdi.
“Men siyosatchi emas, balki professional jangchiman. Agar Konorda menejerim bilan muammo boʻlsa, u bilan gaplashib olishi mumkin. Hatto u bilan jang qilish imkoniyatiga ham ega. Alida Renso Greysidan (MMA va jiu-jitsuning braziliyalik jangchisi) qora belbogʻ bor. U Konorni aniq boʻgʻib qoʻyadi”, - deya rossiyalikning soʻzlarini keltiradi BJ Penn.
Shuningdek, Nurmagomedovning taʼkidlashicha, Makgregorning oilasi va jamoasini oʻzaro kelishmovchilikka aralashtirishni moʻljallamayapti.
“Menda u bilan muammo bor. Men u bilan jang qilaman. Uni magʻlub etishni emas, balki chaplab tashlashni xohlayman. Uning yuragi, ongini yoʻq qilishni. Biz haqiqiy chempion va shoh kim ekanligini bilib olamiz”, - deya xulosa qildi u.
Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregor bilan jangdan avval oʻzbekistonlik muxlislarga murojaat qilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Men siyosatchi emas, balki professional jangchiman. Agar Konorda menejerim bilan muammo boʻlsa, u bilan gaplashib olishi mumkin. Hatto u bilan jang qilish imkoniyatiga ham ega. Alida Renso Greysidan (MMA va jiu-jitsuning braziliyalik jangchisi) qora belbogʻ bor. U Konorni aniq boʻgʻib qoʻyadi”, - deya rossiyalikning soʻzlarini keltiradi BJ Penn.
Shuningdek, Nurmagomedovning taʼkidlashicha, Makgregorning oilasi va jamoasini oʻzaro kelishmovchilikka aralashtirishni moʻljallamayapti.
“Menda u bilan muammo bor. Men u bilan jang qilaman. Uni magʻlub etishni emas, balki chaplab tashlashni xohlayman. Uning yuragi, ongini yoʻq qilishni. Biz haqiqiy chempion va shoh kim ekanligini bilib olamiz”, - deya xulosa qildi u.
Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregor bilan jangdan avval oʻzbekistonlik muxlislarga murojaat qilgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…