Ibragimovich Xabib Konor bahsida kim gʻalaba qozonishiga oʻz fikrini bildirdi

Ibragimovich Xabib Konor bahsida kim gʻalaba qozonishiga oʻz fikrini bildirdi
Los-Andjeles Gelaksi” klubi xujumchisi Zlatan Ibragimovich Xabib Nurmagomedov Konor MakGregor qarama-qarshiligi haqida oʻz fikrini bildirdi.

- Oʻylashimcha, Xabib gʻalaba qozonadi. U oktagonda raqibini qiynab maqsadga erishishni yaxshi koʻrishining guvohi boʻldim. Nurmagomedov sabrli inson, shu qatori u xavfli jangchi.

Rossiyalik yana bir jangchi Fyodor Yemelyanenkoni ham bilaman. Yemelyanenko ham bosiq sport ustasi, ammo ringga koʻtarilganda u oʻz ishini ajoyib tarzda bajarardi, - deya Zlatanning soʻzlaridan iqtibos keltiradi Mirror nashri.

Eslatib oʻtamiz, Nurmagomedov - MakGregor bahsi 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:00da boshlanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar