
Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) prezidenti Deyna Uayt rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangdan keyingi voqea uchun taxminan 250 ming dollarlik jarima bilan jazolanishi mumkinligini aytdi.
Uaytning fikricha, voqeani taftish qilayotgan Nevada shtati atletika komissiyasi rossiyalikning 2 mln dollar miqdoridagi gonorarini avval aytilgandek ushlamaydi.
UFC prezidentining taʼkidlashicha, Nurmagomedov chempionlik kamarini aniq saqlab qoladi, biroq u 4 oydan 6 oygacha AQSHdagi janglardan chetlatilishi mumkin.
7 oktyabrda Nurmagomedov Makgregor bilan jangda raqibini 4-raundda boʻgʻish usuli bilan magʻlub etgan va UFC chempionlik unvonini himoya qila olgan. Jang yakunlanishi bilan rossiyalik ringdan tashqarida Makgregor jamoasi aʼzolaridan biri bilan mushtlashib ketgan. Bu orada ringda Makgregor va Nurmagomedov jamoasi aʼzolari orasida mushtlashuv yuz bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar