Bugun “Championat.asia” saytida jurnalist Shahboz Begʻamov “Oʻzbekiston milliy terma jamoasida faqatgina Kuper va u bilan birga kelgan shtabdagi murabbiylarda rasman shartnoma mavjud. Oʻzimizning qora koʻzlar esa shunchaki «rahmatga” ishlashayotganini koʻpchilik bilmaydi. Ammo buni payqagan va OʻFAdan sado chiqmaganidan ranjigan Kuper kuni kecha oʻz choʻntagidan butun shtabda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarga “xizmat haqi” toʻlagan»,— deb yozdi. Matbuot anjumani vaqtida Ektor Kuper bu holat boʻyicha berilgan savolga quyidagicha javob qaytardi:
«Men hech kimga oylik bermayman, oʻzim oylikka ishlaydigan odamman. Agar kimgadir pul bersam, bu federatsiyaning oʻrniga ularga maosh berganimni anglatmaydi. Ularning xizmati yoqqani uchun shaxsiy tashabbus koʻrsatgan boʻlaman.
Xodimlar erta tongdan boshlab kun boʻyi ishlashadi va ularning xizmati menga maʼqul keldi. Shuning uchun ham mukofot tariqasida ularga pul berganman. Bu masalada federatsiya bilan hech qanday muammo yoʻq», - deya aytib oʻtdi Kuper.
Bosh murabbiy, shuningdek, OʻFA u bilan oʻrtasidagi kelishuvga qay darajada amal qilayotgani, uning talablarini qanchalik qondira olayotgani haqida ham gapirib oʻtdi.
“Federatsiyadan nolimagan boʻlardim. Muammo doim topiladi, ularni birgalikda hal qilyapmiz. Federatsiya bilan hech qanday muammoyim yoʻq. Barcha oyliklar oʻz vaqtida toʻlanyapti”, - deya taʼkidladi Oʻzbekiston terma jamoasi ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»