
Yengil vazn toifasida Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedovning ma’lum qilishicha, unga WWE restling-promoushndan taklif kelib tushgan.
«WWE ularga kelishni so‘radi. Yigitlar, sizlar nima deb o‘ylaysiz?» - deya yozgan Habib tvitterdagi sahifasida. U postiga #SmashLesnar (Brok Lesnarni do‘pposlash) va #FakeFights (haqiqiy bo‘lmagan janglar) xeshteglarini ham qo‘shib qo‘ydi.
6 oktyabr kuni Las-Vegasda Nurmagomedov UFC 229 musobaqasi doirasida yengil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qildi. Kechaning asosiy jangida u irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing