
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori hamda Osiyo chempionligiga erishgan Elnur Abduraimov AQShda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.
Hamyurtimizning ushbu jangdagi raqibi e’lon qilindi. U amerikalik Xose Salinas bo‘ladi. Jang AQShning Kaliforniya shtati Indio shahridagi Fantasy Springs Casino arenasida bo‘lib o‘tadi. Salinas 20 yoshda bo‘lib, aslida Nikaraguada tug‘ilgan va hozirda AQSh sharafini himoya qiladi.

Salinas prof ringda 6ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uchta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Hamyurtimiz uchun esa bu faoliyatidagi ikkinchi jang bo‘ladi. Elnur yaqinda debyut jangida amerikalik Aron Jamil Xollisni nokautga uchratgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar