16:20 / 14.10.2018
2 978

O‘zbekiston U-14 va «Eybar» U-15 jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston U-14 va «Eybar» U-15 jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasining hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga asosan Ispaniya Primerasida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Kecha o‘yin oldidan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov va “Eybar” U-15 jamoasi bosh murabbiyi Antxon Charola Eskuderolar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgandi.

Matbuot anjumanida Azamat Abduraimov hamda Antxon Charola Eskuderolar jurnalistlarning savollariga javob berishar ekan, ushbu o‘yinni tashkil etgani uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasiga minnatdorchilik bildirishdi.

Azamat Abduraimov:Yig‘inga chaqirilgan ayrim futbolchilarda jarohat borligi sababli ertaga maydonga tusha olmasliklari mumkin. Shunga qaramay ertangi o‘yinda biz hujumkor o‘yin namoyish qilamiz. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan CAFA U-15 musobaqasidagi ishtirokdan keyin ertangi o‘yin jamoa futbolchilari uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qiladi. Biz 5 ta yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionatini ham kuzatib, terma jamoaga nomzod futbolchilarni tanlab oldik. Masalan, musobaqaning eng yaxshi to‘purari Sardor Tojiboyev safimizga qo‘shilgan. Saralab olingan nomzodlar o‘smirlar terma jamoasiga noyabr oyidagi yig‘inlarda qo‘shilishadi. Dekabr oyida ham bizni Malayziyada “Super Max” xalqaro musobaqasi kutib turibdi. Shu sabab noyabr oyida ham yig‘in tashkil qilib, futbolchilarni sinovdan o‘tkazishda davom etamiz.

Antxon Charola Eskudero: Bu tashkil etilayotgan o‘rtoqlik o‘yini kelajakda yana ko‘plab tashkil etiladigan o‘zaro o‘yinlar uchun debocha bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman. Qo‘l ostimdagi jamoani men bu yil qabul qilib oldim. Ertangi o‘yin orqali jamoamning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib olaman. Ispaniyada 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar alohida maktabda shug‘ullanishadi. Keyin 11 yoshdan akademiyada o‘qish uchun ularda imkoniyat paydo bo‘ladi. Akademiyada 7 bosqichli o‘qish sistemasi yo‘lga qo‘yilgan. Barcha bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan futbolchilar “Eybar”ning asosiy jamoasida hamda boshqa professional klublarda o‘ynash imkoniga ega bo‘ladilar. Hozirda “Eybar” asosiy jamoasining 50 foizidan ortig‘i o‘z tarbiyalanuvchilarimizdan iborat. Bizda akademiyalar sport shaharchalariga aylantirilmoqda. Bu esa qamrovni yanada kengroq olish imkoniyatini beradi.

Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining “Eybar” U-15 jamoasiga qarshi bahsi bugun poytaxtimizdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 15:00da start oladi.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-14 va «Eybar» U-15 jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi