Oʻzbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov Qatarga (2:0) qarshi oʻrtoqlik bahsidan soʻng, “Sport” telekanali muxbiri savollariga javob qaytardi.
Futbolchi bu oʻyinda 1 ta gol urib, 2-golga hammualliflik qilgan edi.
- Terma jamoaning oʻyini sizni qoniqtirdimi?
- Terma jamoaning oʻyinida birinchi navbatda natija muhim hisoblanadi. Bugun 2:0 hisobida gʻalaba qozondik, demak, bundan hamma xursand boʻlishi va qoniqishi kerak.
- Birinchi boʻlimda gol urishga nima xalaqit berdi?
- Biz har doim gol urish uchun maydonga tushamiz. Ammo raqib ham kuchsiz emas edi. Oʻyinda biroz qiyin boʻldi. Ammo hisobni ochganimizdan soʻng, hammasi joyiga tushib ketdi.
- Ob-havoning sovuq kelishi terma jamoa oʻyiniga halal berdimi?
- Ob-havoning taʼsiri boʻlmadi. Biroq, “Milliy” stadioni maydonining holati yomon edi. Bu Oʻzbekiston terma jamoasi boʻlsa, nimaga “Paxtakor” stadionida oʻynash mumkin emas? Bunaqa maydonda har ikkala terma jamoa ham oʻz oʻyinini namoyish etishga qiynaldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi