21:32 / 19.10.2018
3 592

"Navbahor": Belenkov bilan ham +1 ko‘rinishdagi shartnoma imzolandi

"Navbahor": Belenkov bilan ham +1 ko‘rinishdagi shartnoma imzolandi
Oldin xabar berganimizdek, 7 oktyabr kuni Namanganning “Navbahor” jamoasida rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis bosh murabbiy lavozimida ish boshlab, klub bilan shu yilning oxirigacha va +1 ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekkandi. Bugun yana bir rossiyalik mutaxassis Aleksey Ilich Belenkov bilan ham rasman shartnoma imzolandi. Bu mutaxassis bilan ham xuddi bosh mrubbbiyniki singari shu yilning oxiriga qadar hamda + 1 ko‘rinishidagi kelishuvga erishildi.

Aytgancha, namanganliklar bugungi mashg‘ulot oldidan klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirokida asosan "Buxoro"ga qarshi kechadigan o‘yinga katta mas’uliyat bilan yondoshish kerakligi xususida yig‘ilish o‘tkazib olishdi. Ushub "kichik" majlisda Namangan shahar hokimi, "Navbahor" futbol klubi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazoqov, Namangan viloyat futbol assotsiatsiya vitse-prezidenti Shamshod Ergashevich Sarikovlar ishtirok etishdi.

Manba: interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor": Belenkov bilan ham +1 ko‘rinishdagi shartnoma imzolandi