“Atletiko” klubi va Fransiya milliy jamoasi bosh yulduzi Antuan Grizmanning turmush oʻrtogʻi - Erika Choperena boʻlajak farzandi jinsini tibbiy tekshiruvlar vositasida aniqlashga urindi va olingan natijani futbolchiga antiqa tarzda maʼlum qildi. U shunchaki, maxsus kecha uyushtirdi va erini oʻziga xos tanlovga taklif etdi. Shartga koʻra, Antuan ranglari boshqa-boshqa sharchalarni toʻp bilan nishonga olib, oilasida tugʻilajak chaqaloq jinsini topishi kerak edi...
Grizmann birinchi urinishdayoq nishonni toʻgʻri oldi, keyin Erikaning oʻgʻilcha kutayotganini eshitib, ikki qoʻlini baland koʻtargancha rosa sakradi.
Erika va Antuan oilasida toʻn-gʻich farzand - qizaloq Miya 2016 yilning 8 aprel kuni dunyoga kelgandi.
Juftlik oʻtgan yili rasman oila qurdi. Vaholanki, ular bundan 5 yil oldin San-Sebastyanda tanishishgandi. Grizmann oʻsha payt “Real Sosyedad” safida toʻp surardi.
Erika aktrisa ham, model ham emas. U maʼlumoti boʻyicha bakalavr darajasidagi bolalar ruhshunosi. Antuanning qalligʻi paparassi eʼtiborini aslo yoqtirmaydi. Xobbisi - sayohat. Shuningdek, havaskor sifatida fotosessiya ixlosmandidir.
Juftlik ayni payt Madridda yashamoqda. Toʻgʻri, oilaning yozda Barselonaga koʻchib oʻtishiga sal qoldi. Faqat Grizmann eng soʻnggi pallada “Barsa” taklifini rad etib, “Atletiko”da qolishni maʼqul koʻrdi.
Fransiyalik futbolchining “matraschilar” bilan tuzgan yangi shartnomasi 2022 yilgacha moʻljallangan. Klub uning sadoqatini munosib baholab, shartnomada belgilangan tovon puli miqdorini oʻzgartirmadi. Demakki, Antuanni hali ham 100 mln. yevroga sotib olish mumkin, faqat xaridor uning oʻzini koʻndirsa, bas.
Grizmann La-liga doirasidagi 8ta oʻyinda 2ta gol urishdan tashqari, oʻz nomiga 3ta samarali uzatma yozib qoʻydi. “Atletiko” ayni payt turnir jadvalining 3-qatorida bormoqda.
Antuan — “Oltin toʻp”ga daʼvogar 30 nafar futbolchidan biri. Hujumchining oʻzi bu borada dangal gapirmoqda: “Sovrin fransiyalik futbolchiga berilishi shart”.
Manba: interfutbol.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi