Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQShning Kaliforniya shtati Indio shahridagi «Fantasy Springs Casino» arenasida o‘zining professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. Jangda sportchiga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Jovanni Gonsales raqiblik qildi.
Avvalroq Elnur Abduraimovning amerikalik boshqa bokschi Xose Salinasga qarshi ringga chiqishi belgilangani, ammo jangga bir kun qolganida raqib o‘zgargani haqida xabar bergan edik.
Gonsalesga qarshi jangni katta ustunlik bilan boshlagan Elnur Abduraimov ikkinchi raundga kelib raqibini nokautga uchratdi. Bu uning ikkinchi jangidagi ikkinchi muddatidan oldin qozonilgan g‘alabasi bo‘ldi.
Gonsales prof ringda 7 ta jang o‘tkazib, ularning beshtasida g‘alaba qozongan, ikkita jangda mag‘lubiyatga uchragan. Bugungi jang uning uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?