
"UFC"ning yarim o‘rta vazn toifasidagi chempioni Tayron Vudli boks bo‘yicha Floyd Meyvezer va Habib Nurmagomedov o‘rtasida o‘tishi rejalashtirilayotgan jang haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
"Floydning so‘zlariga ko‘ra hammasi jiddiy. U Xabibning menedjeri Ali Abdel-Aziz bilan muzokara o‘tkazayotgani va 70 foiz ushbu jang bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
O‘ylaymanki ushbu jangda Habib kuchli jangchi bo‘lishiga qaramasdan Floydga qarshi Konor Makgregor kabi 10 raund turib bera olmaydi.
Konor yaxshi boks tushadi. Biroq u qachon klinchga kirishni ringda qanday harakat qilishni bilmas edi. Shu sababli ham u eng kuchli bokschiga yengildi. Habib ushbu holatlarga tayyor bo‘lsa ham, uning zarbalari Makgregor kabi aniq va kuchli emas"– deydi Tayron. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar