
Ushbu mavsumda dunyoning grand klubi chempionatning to‘qqiz o‘yinida uch marta mag‘lub bo‘lishga ulgurdi. Oxirgisi shanba kuni o‘z uyida «Levante»dan uchralgan mag‘lubiyat bo‘ldi.
Top-4 likdagi eng yaqin ta’qibchisidan bir ochko ortda qolayotgan klubda havotirlar to‘lqini kuchaymoqda.
Tayinlanganiga besh oy ham bo‘lmagan Xulen Lopetegi esa bosh murabbiylikdan ketishi borasidagi mish-mishlar kun sayin ortib bormoqda. Xo‘sh, madridliklarning omadsizligida kim aybdor? Ispaniyalik taniqli jurnalist Gilem Balage bu savolga javob qidirib ko‘rdi.
Barchasi Lopetegining xatosimi?
Lopetegi Zinedin Zidanning kutilmaganda jamoadan ketishi ortidan sodir bo‘ldi. Ispaniyalik murabbiy ham kutilmaganda Jahon Chempionati boshlanish arafasida terma jamoa bilan xayrlashib qo‘ya qoldi.
Uning qo‘li ostida klub UYeFA Super Kubogida «Atletiko»dan 4-2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan mavsumni boshladi.
12 o‘yindagi besh g‘alaba esa futbolchilar u nima istayotganini tushunmayapti degan farazni uyg‘otadi.
Futbolchilar mas’uliyatsizlik qilmoqda yoki yaxshi o‘ynashmayapti. Ular o‘z saviyalaridan anchagina past o‘yin ko‘rsatishmoqda. Himoyada Rafayel Varanning o‘yini umuman qovushmayapti. Modrich, Asensio Marselo va boshqalarning hissasi faqirona ko‘rinishda.
Jamoani boshidan qayta qurish o‘rniga Lopetegi shogirdlaridan yuqoriroqda himoyalanishni talab qilmoqda. Bu esa «Levante»ga qarshi o‘yinda bo‘lganidek qarshi hujumlarda gol o‘tkazib yuborishiga olib kelmoqda. Bu mavsumda «qirollik klubi» gollarning 89 % ni birinchi bo‘limda o‘tkazib yubormoqda.
Argentinalik murabbiy Sezar Luis Menottiga ko‘ra murabbiy xavfli vaziyatlar yaratishi orqasidan ishlab topmoqda. Gol urish esa futbolchilarning vijdoniga qolmoqda. «Levante»ga qarshi o‘yinda ham madridliklar 34 marta raqib darvozasi tomon zarba yo‘llagan. Shundan 15 tasi aniq chiqqan. Mehmonlar esa ikki marta aniq zarba yo‘llab ikkalasiniyam golga aylantirishgan.
Yana bir muammo shuki «Real»ning hujumdagi sifati ancha pasaygan. Statistikaga ko‘ra ular aniq imkoniyatlarni ko‘kka sovurish bo‘yicha peshqadam.
Zidan klubdan yangi va’dalar (yangi qon va Beylni ketkazish) ololmasligini bilgach, klubdan ketib qo‘ya qoldi.
Lopetegi esa bu lavozimni qabul qilib olayotganida bu katta chaqiriq ekanligini ma’lum edi.
U yozda yangi futbolchilarning kelishiga muhtoj edi. «Real Sosedad»dan hujumchi Villian Joze va klubni tark etgan Mateo Kovachich o‘rniga boshqa bir yarim himoyachini olib kelishni istagandi. Yakunda u birortasigayam ega bo‘lolmadi.
U alal-oqibat madridliklarning hozirgi tarkibiga ishonch bildirdi. Masala shundaki klub ham unga shunday ishonchni taqdim qiladimi?
Futbolchilarchi?
Ushbu mavsumda «Real» chempionatning to‘qqiz uchrashuvida atigi 13 gol urdi. Fakt shuki maydonda uchta top-hujumchilar – Beyl, Benzema va Marianolar borligiga qaramay golsiz seriyani qanot himoyachisi to‘xtatgani e’tiborga molik.
Benzema mavsumni yaxshi boshlagandi, biroq Beylning borligi uning rivojlanishini to‘xtatib qo‘ydi. Ochig‘i hujumchilar to‘pni qaytarib olishga urinishmayapti, yoki kerak vaqtda qanday harakatlanish kerakligini bilishmayapti.
Bu ehtimol ruxiy charchoqdan yoki murabbiyning qo‘llayotgan taktik ishlanmalari futbolchilarning salohatiyani ochib bera olmayapti.
Muammo – Ronalduga munosib o‘rinbosar yo‘qligidami?
Ba’zida ishlar yurishmayotganida jamoaga haqiqiy to‘purar kerak bo‘ladi. Oldinlari bu ishni bajaradigan Ronaldu bor edi.
«Qaymoqranglilar» «Alaves», «Levante» yoki «SSKA»larni yutishi uchun Ronalduga muhtoj edimi? Aftidan yo‘q.
O‘tgan mavsumda klub 94 gol urgan bo‘lsa, shundan 26 tasi Ronalduga to‘g‘ri keldi. 22 tasini esa u yanvardan boshlab urgan.
Bundan tashqari yangi mavsumda La Liga jamoalari ham turlicha davrni boshidan kechirmoqda. Qulay moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lmagan «Alaves» va «Espanol» turnirning kuchli to‘rttaligida bormoqda. Bu aqlga sig‘maydigan vaziyat.
Demak, klubda ancha muammolar yig‘ilib qolgani haqiqat. Lopetegi esa baribir jamoada uzoq qololmasa kerak.
Erkinjon G‘aybullayev
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar