date
views 2 379

«100 million». Nurmagomedov Makgregor bilan revanshga qanday shartda rozi bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

«100 million». Nurmagomedov Makgregor bilan revanshga qanday shartda rozi bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz aralash yo‘nalishlar (MMA) bo‘yicha jangchi Konor Makgregorga murojaat bilan chiqdi. Bu irlandiyalik jangchi bahsdagi o‘z xatolarini ma’lum qilganidan so‘ng yuz berdi.

Dog‘istonlik jangchining menejeri instagramdagi o‘z sahifasida Makgregorga murojaat qilgan.

«Chempion Habib Nurmagomedov kimnidir so‘zlariga e’tibor qaratish uchun juda band, u hayotdan zavqlanmoqda. Lekin mening bu mayda shaxs va o‘zini oqlamoqchi bo‘layotgan uning jamoasiga javobim shunday. Qanday qilib yelka bilan yotib, harakat qilish imkonini qo‘ldan chiqargan tarzda jangda yutish mumkin? Sen bilan ko‘cha jangida hammasi bir soniyada hal bo‘lardi. Seni tiz cho‘ktirishdi, xuddi yosh bolaga o‘xshab ketding», - deya ma’lum qildi mutaxassis.

U irlandiyalik jangchiga jangni o‘zi to‘xtatganini eslatib o‘tdi.

«Yaratgan Habibning yuragiga rahm-shafqat berdi va u sen jangdan bosh tortish bo‘yicha mashina ekanligingni ko‘rsatdi. U bo‘yinni ushlab oldi, lekin bu bo‘g‘ish usuli emasdi. Sen ikkala qo‘lni ham yerga qo‘yding va taslim bo‘lish maqsadida ulardan birini ko‘tarding», - deya ta’kidlab o‘tdi Abdulaziz.

Shuningdek, menejerning ma’lum qilishicha, faqat 100 million dollar evaziga Nurmagomedov Makgregorning jangni takrorlash bo‘yicha chaqirig‘iga javob beradi.

«Endi sen revanshni xohlayapsan, lekin bizga 100 mln olib kelmasang, u yuz bermaydi. Do‘kon ochib, bor e’tiborni savdoga qarat. Boz ustiga, sening barcha ahmoqona gaplaringdan keyin», - deya xulosa qildi Abdulaziz.

6 oktyabr kuni UFC 229 musobaqasida Nurmagomedov to‘rtinchi turda Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «100 million». Nurmagomedov Makgregor bilan revanshga qanday shartda rozi bo‘lishi ma’lum bo‘ldi