Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston Kubogi final bahsi o‘tkaziladi. Unda AGMK va "Paxtakor" o‘zaro bellashadi. Bugun Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida o‘yindan oldingi matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov va futbolchi Vladislav Kasminin ishtirok etdi.
- Ertaga bizni juda qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Final oldidan bizda biroz hayajon bor, lekin aslo qo‘rqayotganimiz yo‘q. So‘nggi uchrashuvlarda biroz muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Aynan shu sababdan ham ertaga yaxshi o‘yin namoyish etishimiz talab etiladi.
Bizda o‘z tariximizda yangi sahifa ochish imkoniyati mavjud. Ishonaman, yigitlar buni yaxshi tushunib turishibdi. Shu boisdan ham ertaga bor mahoratimizni ishga solishimiz lozim bo‘ladi. To‘g‘ri, "Paxtakor" – juda kuchli jamoa. Ushbu klubda ajoyib mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Lekin biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz.
Futbolchi sifatida ko‘plab finallarda ishtirok etganman. Endi ilk marta murabbiy sifatida final bahsini o‘tkazaman. Murabbiy sifatida fainalda ishtirok etish mas’uliyatliroq ekanini ayta olaman. Agar ertaga shogirdlarim o‘z faoliyatlaridagi eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olishsa, g‘olib chiqib, ilk marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritishimiz mumkin bo‘ladi.
Final bahsiga imkon qadar yaxshi hozirlik olib borishga harakat qildik. Finalda bizni qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislarimiz ishonchini oqlashimiz talab etiladi, - dedi murabbiy.
- Ertangi o‘yinda ijobiy natijaga umid qilyapmiz. Joangovar ruhda tayyorgarlik olib borayotganimizni ta’kidlay olaman. O‘zbekistonning ayni paytdagi eng kuchli klublaridan biriga qarshi maydonga chiqamiz. Qo‘ldan kelgancha yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. Ayrimlar AGMK jamoasining finalga qadar yetib kelishini kutishmagandi ham. Lekin biz shu yerga qadar yetib kela oldik. Endi maqsadga qadar yana birgina oxirgi qadam qolmoqda, - dedi Vladislav Kasminin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Global Janub kimniki?
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi