07:31 / 29.10.2018
3 566

Shahzoda, Garsiya va Kapadze. Toshkentdagi El-Klasikoda 16 ta gol kiritildi

Shahzoda, Garsiya va Kapadze. Toshkentdagi El-Klasikoda 16 ta gol kiritildi
28 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Milliy stadionida Ispaniya LaLigasi va O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamkorligi doirasida Ommaviy El-Klasiko shou dasturi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu dastur avvalida o‘zbekistonlik taniqli estrada xonandasi va PFL elchisi Shahzoda ishtirokida kichik konsert dasturi uyushtirildi. Bundan tashqari, o‘tmishning bir qator nomdor futbolchilari va sport jurnalistlari ishtirokida ko‘rgazmali El-Klassiko bahsi o‘tkazildi. Ushbu bahsda LaLiga elchisi Luis Garsiya bilan birgalikda Azamat Abduraimov, Xayrulla Karimov, Asror Aliqulov, Viktor Karpenko, Timur Kapadze; taniqli sport sharhlovchilaridan Xayrulla Hamidov, Murod Rizayev kabilar maydonga tushishdi. Qiziqarli o‘tgan bahs esa tomonlarning 8-8 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

Shundan so‘ng, stadionga yig‘ilgan muxlislar Ispaniya LaLigasining 10-turidan o‘rin olgan Barselona–Real uchrashuvini katta ekran orqali tomosha qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahzoda, Garsiya va Kapadze. Toshkentdagi El-Klasikoda 16 ta gol kiritildi