Bahodir Jalolov raqibini yana nokautga uchratdi

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Bahodir Jalolov bugun, 28 oktyabr kuni professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Mashhur “Madison Square Garden” arenasida o‘tkazilgan bahsda unga amerikalik Tayrel Rayt raqiblik qildi.
Ketma-ket berilgan zarbalar natijasida to‘rtinchi raunddan so‘ng raqib jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Bokschimiz ushbu bahsni ham muddatidan oldin yakunladi. Eslatib o‘tamiz, Jalolov bungacha ham ikkita jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, Rayt professional boksda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 14ta jang o‘tkazib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan (6ta jangda nokaut evaziga). Bugungi mag‘lubiyat bokschi uchun uchinchisi bo‘ldi. Yana 2 ta jangda durang qayd etgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ketma-ket berilgan zarbalar natijasida to‘rtinchi raunddan so‘ng raqib jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Bokschimiz ushbu bahsni ham muddatidan oldin yakunladi. Eslatib o‘tamiz, Jalolov bungacha ham ikkita jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, Rayt professional boksda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 14ta jang o‘tkazib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan (6ta jangda nokaut evaziga). Bugungi mag‘lubiyat bokschi uchun uchinchisi bo‘ldi. Yana 2 ta jangda durang qayd etgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…