15:23 / 31.10.2018
3 511

Infantino: JCh-2022 turnirida 48 jamoa qatnashishi mumkin

Infantino: JCh-2022 turnirida 48 jamoa qatnashishi mumkin
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundialda jamoalar sonini 48tagacha oshirishni rejalashtirmoqda. YuU haqda FIFA rahbari Janni Infantino Osiyo futbol konfederatsiyasida ma’lum qilgan.

– Biz jahon chempionati turnirlarida jamoalar sonini 32 tadan 48 tagacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Bu 2026 yilda bo‘lishi mumkin, – deya Infantinoning so‘zlarini keltirmoqda Reuters agentligi.

– 2022 yilda ham shunday bo‘ladimi? Biz buni ko‘rib chiqamiz, nima uchun bo‘lmasligi kerak? Biz buni qatarlik do‘stlarimiz bilan maslahatlashamiz.

Qatardagi 2022 yilgi jahon chempionati 21 noyabr - 18 dekabr kunlari beshta shaharda o‘tkaziladi: Doxa, Lusail, Al-Vakra, Al-Xor, Al-Rayan, Umm-Salal va Madinat-ash-Shamal.

Ayni damda 2026 yilgi mundial 48 jamoa ishtirokidagi ilk jahon chempionati bo‘lishi rejalashtirilgan. Ular 16 guruhga bo‘linib, har bir guruhdan 2 tadan jamoa pley-offga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Infantino: JCh-2022 turnirida 48 jamoa qatnashishi mumkin