
Angliya chempionatining 11-turida «Manchester Yunayted» klubi safarda «Bornmut» mehmoni bo‘ldi va qiyinchilik bilan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Reshford hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqaiqada to‘p kiritdi.
Uchrashuvda hisobni mezbonlar hujumchisi 11-daqiqada Kallum Uilson tomonidan kiritilgan gol evaziga oldinga chiqib oldi. Tanaffusga qadar «qizil iblislar» hisobni tenglashtirishdi. Yana o‘sha Marsyal muhim pallada gol kiritishga erishdi. G‘alaba to‘pini esa Markus Reshford 92-daqiqada o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Quyidagi havola orqali kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin: VIDEO
Angliya chempionati 11-tur
«Bornmut» – «Manchester Yunayted» 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Uilson, 1:1 – 35 Marsyal, 1:2 – 90 Reshford.
«Bornmut» – Begovich, Kuk, Ake, Smit, Frensis, Lerma, Freyzer (Ayb, 74), Bruks, Kuk (Gosling, 68), Stanislas (Serman, 90), Uilson.
«Manchester Yunayted» – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Mata (Reshford, 56), Fred (Errera, 56), Marsyal, Pogba, Sanches (Lingard, 78), Matich.
Ogohlantirishlar: Shou (54), Lerma (58), Stanislas (63), Uilson (64), Yang (82), Smit (83), Reshford (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar