
Angliya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan “Arsenal“ – “Liverpul“ uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 1:1 hisobi qayd etilib, jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.
Jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketganliklariga qaramay, birinchi bo‘lim hodisalarga anchagina boy bo‘ldi.
Ikki darvozaga ham gol urildi, ammo ikki galda ham hakamlar ularni inobatga olmadilar, lekin shuni ta’kidlash kerak-ki, "Liverpul"ning urgan golida barchasi haqqoniy edi va qanot hakami noto‘g‘ri qaror qabul qildi.
Tanaffusdan so‘ng ham quvnoq o‘yin davom etdi va 61-daqiqaga kelib Jeyms Milner Leno darvozasiga to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shundan so‘ng, "Arsenal" biroz bosimni oshirdi. 82-daqiqaga kelib esa Lyakazettning hatti-harakatlari Alissonning xatosiga olib keldi va fransiyalik hujumchi javob golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Final hushtagiga qadar hisob yana o‘zgarishi mumkin edi, ammo 1:1 natijasi "Emireyts" tablosida saqlanib qoldi.
Angliya chempionati, 11-tur
Arsenal – Liverpul 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 61 Milner, 1:1 – 82 Lyakazett.
Arsenal – Leno, Xolding, Kolashinats (Uelbek, 81), Belerin, Mustafi, Mxitaryan (Ivobi, 68), Djaka, Torreyra, Ozil, Obameyang (Remzi, 73), Lyakazett.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner, Fabino, Veynaldum, Mane, Saloh (Matip, 90), Firmino (Shakiri, 80).
Ogohlantirishlar: Fabino (52), Lyakazett (83).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing