20:29 / 04.11.2018
3 465

Andrey Shipilov: "Tabiat qonunlariga qarshi bora olmaymiz"

Andrey Shipilov: "Tabiat qonunlariga qarshi bora olmaymiz"
"Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

- Oldingi 2 ta uchrashuvdan so‘ng biroz qiyin vaziyatda edik. Lekin jamoamiz qisqa vaqt ichida mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘ziga kela oldi. Bugun butun jamoamiz xarakter namoyish etdi, desam bo‘ladi. Zero kecha ham xattoki stadionda qor bor edi. Tabiat qonunlariga qarshi bora olmaymiz. Lekin hodimlar shijoat ko‘rsatib stadionni bizga o‘yin uchun tayyor qilib bera olishdi. "Navbahor" - ancha yaxshi jamoa. Ushbu klubda yangi murabbiy ish boshladi. Lekin bizning yigitlar ancha yaxshi o‘yin ko‘rsata olishdi. Yakunda haqli tarzda g‘alabaga erishdik, - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: "Tabiat qonunlariga qarshi bora olmaymiz"