
«Rostov» klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin RPL 13-turi doirasida «Krasnodar»ga (2:2) qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, Eldor Shomurodovni nima sababdan asosiy tarkibda tushirganini aytib o‘tdi.
Ushbu o‘yinda hamyurtimiz rostovliklarning ilk goliga muallif bo‘ldi.
— Sigurdarson va Shomurodovning asosiyda tushishi – bu «Rostov» uchun odatiy hol emas. Buni qanday izohlaysiz? Bu ushbu raqibga nisbatan ishalitilgan yurishmi yoki «Zenit»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikmi?
— Hammasi birda. Ular «Anji»ga qarshi o‘yinda yaxshi ta’surot qoldirishdi. Bundan tashqari, Kyartansson va Ionov bunga qadar 90 daqiqa o‘ynashgandi. Ikki kungina dam olib uchinchi kun o‘ynash juda qiyin, ayniqsa tezkor futbolchilarga.
Shu sabab, Shomurodov va Sigurdarson asosiy tarkibda o‘ynashdi. Ular ikkisi munosib harakat qilishdi, - deydi Karpin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar