
Avval yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilning 17 noyabr kuni Nyu-Jersi shtatining Atlantik-Siti shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.
Shohjahon Ergashev professional ringdagi 15-jangida amerikalik tajribali Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Afsuski, Maykl noma’lum sababga ko‘ra, ushbu jangni o‘tkazishdan bosh tortdi.
Shu tariqa Shohjahon navbatdagi bellashuvini 10 noyabr kuni Chikagoda o‘tkazadigan bo‘ldi. Bir necha kundan so‘ng bokschimizning raqibi kim ekani aniq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar