Joriy yilning 23 noyabr - 1 dekabr kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqa "CAFA Womenʼs Championship 2018"ga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, mazkur musobaqada Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron va O‘zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Barcha uchrashuvlar “Milliy“ stadionda o‘tkaziladi.
Bahrom Norsafarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlikni18 noyabrdan boshlab “Chig‘atoy“ sport bazasida boshlaydi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, terma jamoalar o‘zaro bir-birlari bilan bitta davra ko‘rinishida o‘yin o‘tkazishadi. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘oliblikka erishadi.
Oldinroq Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda 15 va 16 yoshli futbolchilar o‘rtasida ikkita musobaqa o‘tkazilgan va ular Osiyo futbol Konfederatsiyasi tomonidan yuqori saviyada uyushtirilgani e’tirof etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi