
Boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik britaniyalik Toni Bellyuga qarshi himoya jangini o‘tkazdi.
11 noyabr kuniga o‘tar kechasi Manchesterda o‘tgan jangda Usik 8-raundda Bellyuni nokautga uchratdi va og‘ir vaznda Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks tashkilotining (WBO), Butunjahon bokschilar assotsiatsiyasi (WBA Super), Xalqaro bokschilar federatsiyasi (IBF) va The Ring kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Here's that devasting finish from Usyk ???????? in the 8th round.. ????????????
— The MMA Bible (@TheMMABible) November 10, 2018
Not gonna lie that was hard to see being from the UK; especially with Bellew doing do well through 6 arguably being up or at least drawing.. ????#UsykBellew ????pic.twitter.com/GDAVEJtFdo
31 yoshli ukrainalik bokschi uchun bu g‘alaba faoliyatidagi 16-g‘alaba bo‘ldi. U o‘z janglaridan 12tasida raqiblarini nokautga uchratgan, hali hech kimga yengilmagan.
2012 yilgi London Olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan Usik shu yilning 22 iyulida Moskvada o‘tgan Butunjahon boks superseriyasining (WBSS) birinchi finalida rossiyalik Murat Gassiyevga qarshi jangga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan hamda og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi.
Bellyu esa bu mag‘lubiyatdan keyin faoliyatini yakunladi. U shu kungacha professional ringda 30 g‘alabaga erishgan, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgandi. U WBC kamariga egalik qilgan.
Bundan avvalroq Usik superog‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Entonio Joshua bilan jang o‘tkazish istagi haqida ma’lum qilgandi. U faqat superog‘ir vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritganidan keyingina faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar