19:15 / 14.11.2018
3 032

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi (foto)

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi (foto)
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokioda bo‘ladigan Olimpiada bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti.

Ayni paytda Dubayda bo‘lib turgan futbolchilarimiz kuniga ikki mahal mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

Bugun vakillarimiz ushbu musobaqadagi dastlabki o‘yinni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 17 noyabr kuni BAA, 20 noyabr kuni Kuvayt terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur musobaqa orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirib, jamoani shakllantirish ishlarini olib borishadi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi (foto)