20:05 / 14.11.2018
2 383

Klaudio Raneri APLga qaytdi

Klaudio Raneri APLga qaytdi
Italiyalik murabbiy Klaudio Raneri «Fulhem» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilingan.

London jamoasining sobiq ustozi Slavish Yokanovich qoniqarsiz natijalar ortidan ishdan olingan. Klub APLning 12 turidan so‘ng 9 ochko bilan jadvalning eng quyi pog‘onasini band etib turibdi.

«O‘z an’analari va tarixiga ega «Fulhem»ni qabul qilib olish men uchun katta sharaf. Bu jamoaning maqsadi hech qachon faqat Premer-ligada jon saqlab qolishgina bo‘lishi kerak emas. Biz doimiy xavfli raqibga aylanishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz kerak», - deb aytib o‘tgan Raneri.

67 yoshli murabbiy bunga qadar «Napoli», «Valensiya», «Atletiko», «Chelsi», «Yuventus», «Inter», «Roma», «Monako» va «Lester Siti» kabi jamoalardagi faoliyati bilan jamoatchilik nazariga tushgan. U 2015/16 yillar mavsumida «Lester»ni Angliya chempionligi sari boshlab borgan edi. O‘sha yili Raneri FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klaudio Raneri APLga qaytdi