02:40 / 16.11.2018
2 422

“Betis” murabbiyi: “Messi ketsa achinaman, Ronaldudek futbolchilar yana chiqadi”

“Betis” murabbiyi: “Messi ketsa achinaman, Ronaldudek futbolchilar yana chiqadi”
“Betis” bosh murabbiy Kike Seten Messi va Ronalduni taqqosladi.

“Men bitta futbolchini bilaman: u bir o‘zi o‘yin taqdirini hal qilishi va istalgan pozitsiyasida to‘p tepishi mumkin. Bu Messi. Agar sening qo‘ling ostida shunday futbolchi bo‘lsa, ortiqcha gap so‘zni gapirishning hojati yo‘q. Uning maydondagi qolgan 10 ta sheriklari “mayli u maydonda istagan ishini qilsin, chunki u bu ishni bizdan yaxshiroq amalga oshiradi, biz esa g‘alabaga erishamiz” deyishi aniq. Ammo Messi yagona. Har bir futbolchining jamoada o‘zi o‘rni bo‘lishi uchun shunga mos tizim bo‘lishi lozim. Agar futbolchilar o‘sha tizimga mos kelishmasa, u qanchalik yaxshi bo‘lmasin, uni maydon chetida qoldirish lozim.

Ronalduning xarakteristikasidan kelib chiqsak, u haqiqiy topilma bo‘lgan. Krishtianu ispan futboli ma’lum epoxasining ramziga aylandi. Ammo u kabi futbolchilar yana yetishib chiqishi mumkin. Shaxsan men Messining futboldan ketishiga achinaman. U futbolga juda ko‘p narsa berdi. Messining Ispaniya futbolini tark etishi o‘z vaqtida Kruiff va Maradonaning ketishi kabi achinarli bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Betis” murabbiyi: “Messi ketsa achinaman, Ronaldudek futbolchilar yana chiqadi”