date
views 3 416

Taekvondo. Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati g‘olibi bo‘ldi (foto)

Taekvondo. Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati g‘olibi bo‘ldi (foto)
Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Fransiyaning Parij shahridagi «French Open» turnirida ishtirok etishmoqda, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

-53 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Charos Qayumova musobaqa davomida ikki nafar fransiyalik, yana ikki nafar turkiyalik sportchilarni mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa italiyalik raqibidan ustun keldi va oltin medal egasiga aylandi.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa taekvondochilarga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Taekvondo. Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati g‘olibi bo‘ldi (foto)