Yengil vaznda UFC chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov sobiq raqibi irlandiyalik jangchi Konor MakGregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga tayyor.
Bu ma’lumotni Xabibning otasi va murabbiyi Abdulmanop Nurmagomedov ma’lum qilgan.
“Konorga qarshi boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga kelsak, bunday jang bizga qiziq. Xabib aralash yakkakurashda eng mohir jangchilarni mag‘lub etishga qodirligini ko‘rsatgan. U bu haqda avval ham aytgan, biroq bunga uncha ishonishmagan. Biroq uning Maykl Jonson, Edson Barboza va Konor ustidan yorqin g‘alabalaridan keyin bunga ishonishmoqda”, deb aytgan Xabibning otasi.
6 oktyabrda Nurmagomedov UFC 229 musobaqasida MakGregor ustidan g‘alabaga erishib, chempionlik unvonini himoyalay olgandi. Shu g‘alabadan keyin Xabib Konor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazgan amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga jang qilishga chaqiriq tashlagan. Meyvezer chaqiriqni qabul qilgan, biroq o‘z shartlarini qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi