Professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov bugun Filippinda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Jangda bokschimizga xitoylik Vujati Nuyerlang raqiblik qildi. Bahs to‘liq 12 raund davom etdi va yakunda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi (117:111, 118:111, 117:110).
Ushbu g‘alaba orqali Abdug‘ofurov o‘zining WBC Silver kamarini munosib himoya qildi.
Ma’lumot uchun, Azizbek Abdug‘ofurovning professional boksdagi janglari soni bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 12 taga yetdi. Hamyurtimiz janglarining barchasida g‘alaba qozongan. To‘rtta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan. Nuyerlang esa bugun faoliyatidagi 13-jangini o‘tkazdi. U bungacha 11 marotaba raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan (9 tasida nokat evaziga). Abdug‘ofurovga qarshi jangda u faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?