Yevropa Millatlar ligasining A divizionida guruh bosqichi amalda yakuniga yetdi. Kecha oqshom birinchi guruhda pley-offning so‘nggi ishtirokchisi aniqlandi.
Germaniya maydoniga safar qilgan Niderlandiya terma jamoasi o‘yin so‘ngida kambek namoyish etib, dramatik tarzda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Gelzenkirxendagi uchrashuvning 9- va 19-daqiqalarida ikki hujumchi Timo Verner va Leroy Sanening gollari evaziga mezbonlar deyarli butun uchrashuv davomida ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinda borishdi, ammo so‘nggi besh daqiqa ichida vaziyat tubdan o‘zgardi. Dastlab 85-daqiqada Kuinsi Promes hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi, 90-daqiqada esa jarima maydoni markazida bo‘sh qoldirilgan mehmonlar sardori Virjil van Deyk muvozanatni tikladi.
Natijada niderlandlar ochkolar hisobi bo‘yicha Fransiyaga yetib oldi va o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik evaziga guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ronald Kuman jamoasi so‘nggi ikkita jahon chempionati g‘oliblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Millatlar ligasi
Germaniya – Niderlandiya 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 9 Verner, 2:0 – 19 Sane, 2:1 – 85 Promes, 2:2 – 90 van Deyk.
Germaniya – Noyer, Kimmix, Zyule, Xummels, Shuls, Sane (Goretska, 80), Kroos, Kerer, Gnabri (Myuller, 67), Ryudiger, Verner (Roys, 63).
Niderlandiya – Sillessen, de Ligt, Blind, Tete, van Deyk, Depay, de Ron, Promes, Veynaldum (Trindade, 60), Babel (Dilrosun, 45; de Yong, 66), de Yong.
Ogohlantirishlar: Xummels (14), Veynaldum (38), Kroos (52), Kimmix (68).
«Это фантастика. Это футбол». Гол Ван Дейка – сплошные эмоции. Приятного просмотра ????
— Матч ТВ (@MatchTV) November 19, 2018
О том, что это было:https://t.co/oDaLfj7vYg pic.twitter.com/RNLtQkeyVM
Bunga qadar «A» ligasining qolgan uchta guruhida ham g‘oliblar aniqlangan, unga ko‘ra Shveysariya, Portugaliya va Angliya termalari ham final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Ushbu to‘rtta jamoa 2019 yilning 5-9 iyun kunlari Portugaliya mezbonlik qiladigan pley-off uchrashuvlarida qatnashadi.
Yarim finalga qur’a tashlash marosimi 3 dekabr kuni Dublinda bo‘lib o‘tadi. Dastlabki juftliklar g‘olibi finalga yo‘l olsa, mag‘lub bo‘lganlar uchinchi o‘rin uchun bahsda maydonga tushadi. Final bosqichi ishtirokchilari Yevro-2020 saralashi qur’asida oltitalik emas, beshtalik guruhlardan o‘rin egallashadi.
Ma’lumot uchun, musobaqa g‘olibi 7,5 mln yevro ishlab oladi. Finalchiga – 6,5 mln, uchinchi o‘rin sohibiga 5,5 mln va pley-offdagi ikkala o‘yinni ham boy bergan jamoaga 4,5 mln yevro to‘lanadi.
Bugun oqshom boshqa ligalar qatori yuqori divizionda ham so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda uchinchi guruh g‘olibi Portugaliya so‘nggi o‘rindagi Polshani qabul qiladi. Ushbu uchrashuv natijasidan qat’i nazar, Polsha, shuningdek, boshqa uchta guruhdan Germaniya, Islandiya va Xorvatiya terma jamoalari «A» ligasini tark etadi.
19 noyabr oqshomida quyi divizionlar doirasida quyidagi natijalar qayd etildi.
«B» ligasi
Daniya – Irlandiya 0:0 (0:0, 0:0)
Chexiya – Slovakiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 32 Shik.
«S» ligasi
Kipr – Norvegiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 36 Kamara, 0:2 – 48 Kamara.
Chetlatishlar: Selis (80, Kipr), Elyunussi (90, Norvegiya).
Bolgariya – Sloveniya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 68 Ivanov, 1:1 – 75 Zays.
«D» ligasi
Andorra – Latviya 0:0 (0:0, 0:0)
Chetlatish: Shabala (38, Latviya).
Gruziya – Qozog‘iston 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 59 Merebashvili, 2:0 – 84 Chakvetadze, 2:1 – 90 Omirtayev.
Lixtenshteyn – Armaniston 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 9 Adamyan, 1:1 – 44 Byuxel, 2:1 – 47 Xasler, 2:2 – 85 Karapetyan.
Makedoniya – Gibraltar 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 27 Bardi, 2:0 – 67 Nestorovski, 3:0 – 80 Nestorovski, 4:0 – 90 Traykovski. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?