07:30 / 24.11.2018
3 449

"Arsenal"ning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi nima?

"Arsenal"ning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi nima?
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri “kanonirlar”ning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi haqida gapirdi.

“Klub yana Chempionlar ligasiga qaytmoqchi. Bunga APL yoki Yevropa ligasidagi muvaffaqiyat orqali erishish mumkin. Har ikkala yo‘l ham oson emas. Shu bois ushbu musobaqalarda imkon qadar yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimiz kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda premer-ligada 5-o‘rinni egallab turibdi. YeChLga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun esa mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlash kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Arsenal"ning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi nima?