13:41 / 25.11.2018
4 212

Qatardagi jahon chempionati «esda qolarli» bo‘ladi

Qatardagi jahon chempionati «esda qolarli» bo‘ladi
Foto: «Anadolu»
FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilotning saytida bildirishicha, Qatarda o‘tadigan jahon chempionati «esda qolarli» bo‘ladi. Bu haqda «Xabar» nashri yozmoqda.

Tashkilot rahbari Qatar taassurotlari avvalo mundial o‘tkaziladigan stadionlarning bir-biriga yaqin joylashgani bilan bog‘liqligini aytdi.

«Noyabr va dekabr oylarida Qatarda ajoyib ob-havo hukm suradi. Havo haroratining 15-25 daraja iliq bo‘lishi musobaqalarni o‘tkazish uchun juda qulay. Bu omillar 2022 yili Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionati bizga ajoyib onlarni taqdim etishidan dalolat berib turibdi», — dedi Infantino.

FIFA prezidentining fikricha, futbol bo‘yicha jahon chempionatiga borgan ko‘plab insonlar quyosh, plyajlar va qumli sohillardan tashqari ham Qatar ajoyib mamlakat ekanligiga guvoh bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatardagi jahon chempionati «esda qolarli» bo‘ladi