Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) yengil vazn toifasidagi rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedovning ma’lum qilishicha, boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerga qarshi jang uning uchun UFC jangchisi Toni Fergyuson bilan bahsdan ko‘ra qiziqroqdir.
Foto: AFP
«Ham tarix, ham pul jihatidan, ham raqobat jihatidan Meyvezer bilan jang ancha qiziqroqdir. Odamlarga chempionlarning qulashi har doim qiziq bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik nega Meyvezerning translyatsiyalarini xarid qiladi, sababi unda 50ta jang - 50ta g‘alaba. Kimdir unga ishqibozlik qiladi, kimdir unga qarshi. Bizning jang ikki karra qiziq bo‘ladi, sababi bu umuman mag‘lubiyatga uchramagan ikki sportchining kurashiga aylanadi.
Kim qulashi, kim ortga chekinishini bilish qiziq bo‘ladi. Nafaqat OAV vakillari, balki jamoamdagi ba’zi yigitlar ham men bu jangda mag‘lub bo‘lishimni aytishmoqda, bu esa qo‘shimcha kuch bermoqda. Hozir Atletika komissiyasi bilan sud tugashi kerak, keyin gaplashamiz», - deya aytib o‘tdi Nurmagomedov matbuot anjumanida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi