Mutloq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt rossiyalik yakkakurashchi Xabib Nurmagomedovga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchta sportchi nomini ma’lum qildi.
– Nurmagomedov va Konor Makgregor mumkin bo‘lgan barcha rekordlarni yangiladi. U juda ajoyib bo‘ldi. Ishonish qiyin. Xabib g‘alaba qozondiyu va bizga uning uchun Toni Fergyuson, Dastin Pore yoki Konor bilan revansh jang tashkil qilish imkoniyatini taqdim etdi, — deydi UFC boshlig‘i.
Uaytning so‘zlariga ko‘ra, Nurmagomedov va Makgregor revansh jangi qachon bo‘lishi noma’lum. Buning uchun Nevada atletik komissiyasi qarorini kutish kerakligini ta’kidlagan. Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi 10 dekabr kuniga mo‘ljallangan.
Ushbu jangdan so‘ng rossiyalik sportchi oktagon oshib o‘tib, ommaviy mushtlashuvni boshlagan. Voqea faqatgina politsiyachilar yordamida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan. Nurmagomedov bu holat sabab tituldan mahrum qilinmadi, biroq uning gonorari muzlatib qo‘yildi. Nevada atletik komissiyasi Nurmagomedov va Makgregor munosabatlarini surishtirishni boshlagan. Bu vaqtda har ikki jangchi janglarda ishtirok etishdan mahrum bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi