Mazkur jang 1 dekabr kuni Los-Anjeles (Kaliforniya shtati, AQSh)da tashkil etiladi.
Ikki vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioni Evander Xolifild super og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder va ushbu kamarga da’vogar Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Bu haqiqatan ham ajoyib to‘qnashuv bo‘ladi. Fyuri yaxshi bokschi. Ko‘p bokschilarga noqulay raqib hisoblanadi, chunki uning uzun qo‘llari bor. Bundan tashqari qarshi hujumda yaxshi urusha oladi. Uaylder Taysonning hujumga o‘tishini kutmasligi kerak. Agar jang Fyuri uchun muvaffaqiyatsiz keta boshlasa, u tajribasi va ayyorligidan foydalanadi. Agar jang natijasi haqida gapiradigan bo‘lsak, Deontey jangni tezroq tugatishi mumkin, ammo Fyuri Uaylderni 12 raundgacha olib borsa, qarama-qarshilik Taysonning foydasiga hal bo‘ladi, – deya Xolifildning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi